Hyundai Solaris'ning maxsus versiyasini ishlab chiqaradi
Texnologiya
−
22 Sentabr 2020
8814Koreyaning Hyundai kompaniyasi joriy yilning oktyabr oyidan Solaris modelining maxsus o‘zgartirilgan turini ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu haqda “Autonews” xabar berdi.
Avtomobilning tiraji 6 mingga yaqin bo‘ladi. Yangi mahsulot narxi hozircha noma’lum.
Avtomobil odatiy Solaris sedanidan tashqi qiyofasi bilan ajralib turadi. Modelda LED optikasi, to‘q xrom panjara va seriya nomi yozilgan yorliq bo‘ladi.
Bundan tashqari, Solaris'ning maxsus versiyasi iqlim nazorati, sakkiz dyuymli sensorli displey, charm qoplangan rul kabilar bilan jihozlanadi.
LiveBarchasi