Qishloq xo‘jaligi uchun “qarz” oluvchilarga “yordam” puli ajratiladi

Jamiyat

image

Qishloq xo‘jaligi texnikasini kredit oluvchining lizing yoki kredit foizini qoplash uchun subsidiya tijorat banki va lizing tashkiloti tomonidan belgilangan foiz stavkasining 10 foizlik punkti miqdorida ajratiladi. Bu haqda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019 yil 12 iyuldagi 578-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qarori loyihasida keltirib o‘tilgan. 

“Qishloq xo‘jaligi texnikasini kredit va lizing shartlarida xarid qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar quyidagicha:

Nizomning 1-bobi 6-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinadi:

“Qarz oluvchining lizing yoki kredit foizini qoplash uchun subsidiya tijorat banki va lizing tashkiloti tomonidan belgilangan foiz stavkasining 10 foizlik punkti miqdorida ajratiladi.

Bunda, lizing yoki kredit shartnomasi haydov traktorlari uchun 5 — 7 yil muddatga, chopiq, transport, bog‘dorchilik traktorlari, uch va undan ortiq korpusli aylanma omochlar hamda ko‘p vazifali pnevmatik va mexanik seyalkalar uchun 3 — 5 yil muddatga rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim.

Kredit yoki lizinga oluvchilarning so‘roviga asosan mazkur bandda ko‘rsatilgan to‘lov muddatlari qisqartirilishi mumkin".

Nizomning 2-bobi 10-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinadi:

“Qishloq xo‘jaligi texnikasi byudjet mablag‘lari, davlat kafolati bilan olingan xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning kreditlari hisobiga imtiyozli shartlarda xarid qilinganda yoki davlat tomonidan boshqa subsidiya shartlari qo‘llanilganda subsidiya ajratish rad etiladi".

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

qarz Qishshloq xo'jaligi

Baholaganlar

37

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing