Qishning qoq o‘rtasida Toshkentning ikki tumanida issiqlik quvvati uziladi

Jamiyat 3655
image

Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati Yakkasaroy va Mirobod tumanlaridagi ayrim manzilgohlarda vaqtincha issiqlik ta’minotida uzilish kuzatilishi haqida xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Sh.Rustaveli ko‘chasida shikastlangan magistral issiqlik quvurini ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Shu sababli 2020 yil 10 yanvar kuni soat 21:00 gacha ayrim manzilgohlarda issiqlik ta’minotida vaqtincha uzilish kuzatiladi. 

Manzillar:

- Sh.Rustaveli ko‘chasi

- Shaxrisabz ko‘chasi

- Buyuk Turon ko‘chasi

- Kunayeva ko‘chasi

- Mirobod mavzesi - Markaz-7 dahasi

“Toshissikkuvvati" DUK keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi!”, deyiladi xabarda. 

Qalampir.uz Tahririyati
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 71
Reyting: 3
t
×