Qishloq xo‘jaligiga bir oyda 77 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi
3-sahifa
−
12 Sentabr
4320O‘zbekistonda avgust oyi davomida qishloq xo‘jaligiga 77 milliard so‘mlik zarar yetkazildi. Bu haqda “O‘zagroinspeksiya” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2024 yilning avgust oyida jami 195 ta holatda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan 274 gektar yer maydonlarida yerga oid qonunbuzarlik holatlari qayd etilgani aniqlangan. Shundan sug‘oriladigan 127 gektar yerlarda, 83 gektar lalmi yerlarda, 2,4 gektar bo‘z yerlarda, 62 gektar yaylov yerlarda qonunbuzarlik holatlari qayd etilgan bo‘lib, buning oqibatida yerlarning o‘zboshimchalik bilan qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqarilishiga sabab bo‘lgan.
Qonunbuzarlarga nisbatan jami 76 milliard 916 million so‘m miqdorida qishloq xo‘jaligiga yetkazilgan zarar hisoblangan. Eng ko‘p qonunbuzilish holatlari viloyatlar kesimida olib qaralganda Andijon (30 ta holatda), Qashqadaryo (43 ta holatda), Namangan (41 ta holatda), Samarqand (29 ta holatda), Surxondaryo viloyatlarida (19 ta holatda) aniqlangan.
Aniqlangan yer qonunbuzarlik holatlaridan 109 tasi prokuratura organlariga, 47 tasi esa IIV hududiy bo‘linmalariga chora ko‘rish uchun, 42 ta holatda boshqa tashkilotlarga, 8 ta holatda yerdan foydalanuvchilarga ogohlantirish xatlari yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bir yil davomida yana 50 ming gektar yerni 100 mingta kambag‘al oilaga bo‘lib berish rejalashtirilganini ma’lum qilingandi.
LiveBarchasi