Qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga Abdurahmonov nomzodi ma’qullandi

Jamiyat

image

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Ibrohim Abdurahmonov nomzodini Qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga ma’qulladi. Tegishli masala bugun, 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisda ko‘rib chiqildi va ma’qullandi.

Majlisda Ibrohim Abdurahmonov qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlarning samaradorligini oshirish maqsadida kelgusida amalga oshiriladigan ishlari bo‘yicha o‘z Harakatlar dasturi haqida axborot bergan.

Shundan so‘ng deputatlar Abdurahmonov nomzodini O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga ma’qullagan.

Ma’lumot uchun, Ibrohim Abdurahmonov 1975 yilda Namangan viloyati Chust tumanida tug‘ilgan bo‘lib, 1992-1997 yillarda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)da tahsil olgan. 2001 yil AQSHdagi Texas qishloq xo‘jaligi va mexanika universitetini tamomlagan.

Abdurahmonov faoliyatini 1997 yildan Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutida boshlagan, 2002-2017 yillar mobaynida Fanlar akademiyasida turli vazifalarda ishlab kelgan. U 2017 yil noyabrida yangi tashkil etilgan Innovatsion rivojlantirish vazirligi rahbari etib tayinlangan. 2022 yil dekabrida Prezident farmoni bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Innovatsion rivojlantirish vazirligi qo‘shib yuborildi. Ibrohim Abdurahmonov 2023 yil yanvaridan hozirga qadar mazkur vazirlikni boshqarib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 25 oktyabr kuni Qarshi shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan yig‘ilishda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlanishi ma’lum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ibrohim Abdurahmonov Qishloq xo'jaligi vaziri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing