“Qish mevasi”. Mandarinlar kimlarga mumkin emas?
Salomatlik
−
17 noyabr 2021 13851 1 daqiqa
Mandarinlar foydali xususiyatlarga to‘la, lekin ba’zida ovqat hazm qilish tizimi bilan bog‘liq muammolarga duchor bo‘lgan insonlar uchun zararli bo‘lishi mumkin. Bu haqda nutritsiolog Nataliya Kushnir ma’lum qildi.
“Mandarinlar B, P, K, D vitaminlariga boy, minerallar, kalsiy, magniy va kaliyni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, mandarinlar ajoyib antidepressant hisoblanadi. Ularning nafaqat ta’mi, balki rangi, xushbo‘yligi ham yoqimli”, deydi mutaxassis.
Biroq, Kushnir mandarinlarni ortiqcha iste’mol qilmaslikni va 2-3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga bermaslik kerakligini aytgan.
“Oshqozon-ichak trakti kasalliklari: gastrit, kolit, oshqozon yarasi, shuningdek oshqozon osti bezi va o‘t pufagi bilan bog‘liq muammolari bo‘lgan odamlar uchun nordon mevalar tavsiya etilmaydi”, deya xulosa qilgan ekspert.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr