O‘zbekistonda olma va mandarin qimmatladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda Yangi yildan keyin mevalarga talab kamayishiga qaramay olma narxi oshdi. Bu haqda EastFruit tahlilchilari ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2024 yil yanvar oyining birinchi haftasida olma ulgurji narxlari o‘rtacha 20 foizga oshgan. Bu esa mahsulot qiymati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 29 foizga yuqoriligini anglatadi.

Jumladan, Golden Delicious olmasi narxi keskin, atigi bir hafta ichida 40 foizga ko‘tarilgan. Natijada, ushbu olma navining bahosi bozori chaqqon bo‘lgan "Gala" olma naviga tenglashib oldi.

O‘zbek bozorida eng mashhur va arzon bayram mevalaridan biri - mandarin ham qimmatlagan. Hafta davomida mevaning ulgurji narxi 13 foizga ko‘tarilgan. Shunga qaramay, ushbu meva narxi nisbatan arzon bo‘lib, uning bir kilogrammi ulgurji savdoda o‘rtacha 9 ming so‘mdan sotilyapti.

Eng arzon olma navlarining 1 kilogrammi 10 ming so‘m (0,81 dollar), Golden Delicious navi esa 14 ming so‘m (1,14 dollar)dan sotilayotganini hisobga olsak, mandarin hali ham hamyonbop mevalar qatorida turibdi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

mandarin olma

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing