Bog‘dan olma o‘g‘irlagan bolalarni kaltaklagan erkak “samosud” qilindi
3-sahifa
−
10 iyul
16489Samarqandda bog‘dan olma o‘g‘irlagan bolalarni arqon bilan bog‘lab haqorat qilgan va urib, tan jarohati yetkazgan erkak “samosud” qilindi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga Samarqand viloyati IIB matbuot kotibi Jahongir Sagdullayev ma’lum qildi.
Bildirilishicha, “Oqoltin” mahallasida yashovchi fuqaro T.O‘. o‘ziga tegishli olma bog‘ida mevalarni o‘g‘irlayotgan voyaga yetmagan bolalarni ushlab olgan va ularni chaylasiga olib kelib, o‘g‘rilik qilgani uchun og‘zaki koyib tanbeh bergan. Shundan so‘ng bolalardan birining otasi bog‘ga kelib, T.O‘.ni urib tan jarohati yetkazgan, qo‘l va oyoqlarini arqon bilan bog‘lab “samosud” qilgan. Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 8 iyul kuni bog‘ egasi Narpay tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Shuningdek, bolalarning otasi ham joriy yilning 6 iyul kuni Narpay tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, arizasida qishloqdoshi T.O‘. ning olma bog‘idan olma mevalarini o‘g‘irlagan voyaga yetmaganlarni haqorat qilib, urib tan jarohati yetkazganligini va arqon bilan bog‘lab qo‘yganligini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
“Mazkur holatga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 138-moddasi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda”, deydi IIB matbuot kotibi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida narkokurerni “samosud” qilganlar qamalgandi.
LiveBarchasi