Qirolicha Yelizaveta II erining vafotidan so‘ng taxtdan voz kechmaydimi? 

Olam

image

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II eri shahzoda Filipp vafotidan so‘ng taxtdan voz kechmaydi. "Reuters" agentligi bilan suhbatlashgan britaniyalik mutaxassislar shunday fikr bildirgan.  

"Sizni ishontirib aytamanki, qirolicha taxtdan voz kechmaydi. Qirolichaning sog‘lig‘i juda yaxshi ekanligi va nasib etsa, u iloji boricha uzoq vaqt qirolichamiz bo‘lib qolishiga oid barcha belgilar mavjud", degan qirollik tarixchisi Xyugo Vikers. 

Shu bilan birga, ekspertlar Yelizaveta II 72 yoshli o‘g‘li shahzoda Charlz va qirollik oilasining boshqa a’zolariga yanada ko‘proq vazifalarni topshirishini tan olgan. 

"Qirolicha biroz orqaga chekinishi hamda shahzodalar Charlz va Uilyamning tez-tez vakillik ishlarini bajarishiga qaramay, qirolicha qirolicha bo‘lib qoladi", degan yana bir qirollik tarixchisi Robert Leysi. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 9 aprel kuni Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qirolichasi Yelizaveta II ning eri, Edinburg gersogi Filipp 99 yoshida vafot etgani haqida xabar berilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Elizaveta II

Baholaganlar

160

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing