Qirolicha Yelizaveta II dafn qilindi

Olam

image
0:00
0:00
download

Buyuk Britaniya Qirolichasi Yelizaveta II ning dafn marosimi Vindzor qasridagi Qirol Jorj VI yodgorlik kapellasida bo‘lib o‘tdi. U eri shahzoda Filipp bilan dafn etildi. Bu haqda qirollik oilasi saytida xabar berildi.

Undan oldin tobutdan toj, skipetr (saltanat hassasi) va derjava (monarx hokimiyatining ramziy belgisi) olib tashlangan. Ular Vindzorning bosh ruhoniyiga topshirilgan. Keyinroq qirollik zargar bu buyumlarni imperatorning qimmatbaho buyumlari saqlanadigan Tauer minorasiga yetkazib beradi.

Qirolichaning dafn marosimi munosabati bilan ommaviy tadbirlar nihoyasiga yetdi.

Shaxsiy dafn marosimi 19 sentyabr kuni kechqurun bo‘lib o‘tdi. Unda qirol Charlz III va qirollik oilasi a’zolari ishtirok etdi.  Yelizaveta II dafn etilgan ibodatxonada uning ota-onasi qirol Jorj VI va qirolicha Yelizaveta, shuningdek, singlisi malika Margaretning kullari dafn etilgan.

Yelizaveta II 8 sentyabr kuni Shotlandiyadagi Balmoral qasrida vafot etdi. U 96 yoshda edi. U qirollikni 70 yil boshqardi. 19 sentyabr kuni Buyuk Britaniya poytaxtiga butun dunyodan 500 ga yaqin yuqori martabali mehmonlar yig‘ilib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Qirolichaning oxirgi qabuliga Buyuk Britaniyaning barcha tirik sobiq Bosh vazirlari kelishdi.


Maqola muallifi

Teglar

Elizaveta II

Baholaganlar

260

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing