Qirol Charlz III ning toj kiyish marosimi Baydensiz o‘tadigan bo‘ldi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Britaniya Qiroli Charlz III ning joriy yilning 6 may kuniga belgilangan toj kiyish marosimiga bormaydi. Bu haqda “The Telegraph” xabar berdi.

Qayd etilishicha, bunga Prezidentning yoshi bilan bog‘liq muammolar sabab bo‘lgan. Jo Bayden o‘rniga uning rafiqasi, Birinchi xonim Jill Bayden Buyuk Britaniyaga borishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, xorijiy sayohatlar Amerika Prezidentidan juda ko‘p energiya talab qiladi. 

“Ular asosiy narsalarga rioya qilishga harakat qilmoqdalar, qisqa vaqt ichida Atlantikani ikkinchi marta kesib o‘tish haqida ko‘p o‘ylash kerak”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlash joizki, Jo Bayden joriy yilning 11 aprel kuni Birlashgan Qirollik tarkibiga kiruvchi Shimoliy Irlandiya poytaxti Belfastga borishi rejalashtirilgan. U Belfast kelishuvi imzolanganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etadi. O‘sha yerda qirol Charlz III bilan ham uchrashishi taxmin qilinmoqda. Shundan so‘ng, asli kelib chiqishi irlandiyalik bo‘lgan Bayden aprel oyining o‘rtalarida Irlandiya Respublikasi poytaxti Dublinga boradi.

Ma’lumot uchun, Buyuk Britaniyaning oldingi monarxi qirolicha Yelizaveta II ning 1953 yilda bo‘lib o‘tgan toj kiyish marosimida ham AQSHning o‘sha paytdagi prezidenti Duayt Eyzenxauyer qatnashmagan. Uning o‘rniga Londonga AQSH armiyasining sobiq boshlig‘i Jorj Marshall va Kaliforniya gubernatori Erl Uorren kabi yuqori martabali kishilardan iborat delegatsiya yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Britaniya Bayden Charl'z III toj kiyish marosimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing