Qirol Charlz III ning bolalikda chizgan rasmlari 59 ming dollarga sotildi
Bu qiziq
−
17 iyun 2023
5886Britaniya qiroli Charlz III ning bolalikda rangli qalamlar bilan chizgan suratlari Charlz Henson auksionida 46 ming funt sterling (taqriban 59 ming AQSH dollari)ga sotildi. Bu haqda Henson o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Bu rasmlarni chizgan vaqtida qirol 5-6 yoshda bo‘lgan. Ularning orasida qirol otasi shahzoda Filipp va onasi qirollicha Yelizaveta II ni tasvirlagan suratlar ham bor. “Mummy”, “Papa” deb nomlangan bu suratlar 1953-1955 yillar oralig‘ida chizilgan va auksionda 6400-7700 AQSH dollariga sotilgan.
Boshqa bir dengizchi tasvirlangan suratida esa Charlz III otasiga xat yozgan.
“Aziz otajonim, men sizni qayiqda ko‘rishni orzu qilaman”, deya yozilgan rasmda.
Henson o‘zining rasmiy bayonotida bu rasmga izoh berib:
“Har bir bolaning rangli va qora qalam bilan chizilgan birinchi suratlari ularning oilalarini aks ettiradi. Bizning qirolimiz ham boshqacha emas”, deb yozgan.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bu kolleksiya odamlarga qirol bilan yanada yaqinroq munosabatda bo‘lishga yordam beradi.
“Telegraf” bergan ma’lumotlarga ko‘ra, qirol bundan avval ham 1997-2016 yillar oralig‘ida sotilgan suratlaridan 7,75 million AQSH dollari ishlab olgan hamda bu pullar Qirol jamg‘armasi va ta’lim xayriyasiga yo‘naltirilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Qirol Charlz III 2022 yil 8 dekabrda onasi qirolicha Yelizaveta II ning o‘limidan so‘ng 73 yoshida taxtga o‘tirgan edi. Toj kiydirish marosimi esa rasman shu yilning 6 may kuni Vestminster abbatligida bo‘lib o‘tdi.
Sevara Husniddinova
LiveBarchasi