Baydendan Putingacha: dunyo yetakchilari qanday mashinada yuradi?
Tahlil
−
29 Sentabr
27591Bugungi kunda avtomobillar harakatlanishning eng ommabop vositasiga aylanib ulgurgan. Ko‘pchilik xaridorlar avtomobil xarid qilganida ko‘rinishi, tejamkorligi, narxi va ommabopligi kabi dastlabki talablarni hisobga oladi. Ammo davlat rahbarlariga xizmat qiluvchi avtomobillarga qo‘yiladigan talablar butunlay boshqacha. Ular hashamat va qudratni ifoda etishi, ichidagi inson uchun barcha qulayliklarni taqdim qilishi hamda eng muhimi, yuqori darajadagi xavfsizlikni ta’minlay olishi shart.
Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, rasmiy davlat avtomobili – bu rasmiy lavozimdagi amaldorlarni tashish uchun foydalaniladigan avtomobil bo‘lib, u vaqti-vaqti bilan boshqa mamlakatlardan tashrif buyurgan mehmonlarni tashish uchun ishlatilishi mumkin. Ba’zi davlatlar yetakchilari boshqa mamlakatlarga davlat tashrifi bilan borganida o‘zlarining rasmiy davlat avtomobillarini ham olib boradi. Chunki avtomobil o‘sha davlat rahbari va uning mamlakatining ramzi bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Vladimir Putin
Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning hozirgi prezidentlik avtomobili – Aurus Senat hisoblanadi. Mashina rus avtomobil ishlab chiqaruvchisi Aurus Motors tomonidan ishlab chiqarilgan hashamatli to‘liq o‘lchamli avtomobil bo‘lib, ilk marta 2018 yilning sentyabr oyida omma oldida namoyish etilgan. Avtomobil 1945 yilda taqdim etilgan Sovet limuzini ZIS-110 dan ilhomlanib ishlangan. Mashina ko‘plab hayotni saqlab qolish, hujumkor va mudofaa funksiyalar bilan jihozlangan va Federal xavfsizlik xizmati standartlariga muvofiq ishlab chiqarilgan. Davlat tashriflarida Putinning prezidentlik avtoulovi Ilyushin Il-76 transport samolyoti orqali manzilga yetkaziladi. Aurus Senat narxi – 300 ming dollarga teng.
Jo Bayden
AQSHda Prezident foydalanadigan mashina “Yirtqich hayvon” laqabli Cadillac One bo‘lib, uning taqdim qilingan versiyasi 2021 yilda tasdiqlangan. Prezidentni himoya qilish uchun mo‘ljallangan mudofaa choralariga qo‘shimcha ravishda, ushbu davlat mashinasida tibbiy favqulodda vaziyatlar uchun prezidentga to‘g‘ri keladigan guruhga mansub qon zaxiralari mavjud. Avtomobilda kimyoviy hujumlarga qarshi germetik tarzda muhrlangan va tajovuzga qarshi himoya choralari sifatida ishlaydigan shinalar, tungi ko‘rish moslamalari, tutun ekranlari va yog‘ bo‘laklari mavjud.
Avtomobil alyuminiy, keramika va po‘latdan yasalgan zirhlarga ega. Tashqi devorlari qalinligi sakkiz dyuym (200 mm), derazalar ko‘p qatlamli va qalinligi besh dyuym (130 mm) va har bir eshik Boeing 757 eshiklari kabi og‘irlikka ega bo‘lib, uning tutqichlarini elektrlashtirish mumkin. Foydalanilmay qolgan prezidentlik davlat avtomobillari sirlari tashqi tomonlarga ma’lum bo‘lishining oldini olish uchun Maxfiy xizmat ko‘magida demontaj qilinadi va yo‘q qilinadi.
Shimoliy Koreya
Koreya Xalq Demokratik Respublikasi yetakchisi Kim Chen In ham yo‘ltanlamas Cadillac avtomobilidan foydalanadi. Ammo u ko‘pincha davlat tashriflarida, zirhli poyezdda ko‘zga tashlanadi. 2024 yilda KXDR va Rossiya rahbarlari ham sanksiyalarga birgalikda qarshilik ko‘rsatish uchun birlashdi. Chunki Vladimir Putin BMT choralarini buzgan holda Kimga zirhli Aurus limuzinini yubordi. Kimning davlat matbuoti Putinning mashinasini omma oldida bir marta ishlatganini ko‘rsatgan. Kim Chen Inning avtomobillar kolleksiyasi omma oldida ko‘ringanidan ko‘ra ko‘proq modellarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi mumkin, chunki u Rolls Royce Phantom va Lexus zirhli sedan kabi ba’zi modellarda ham bir necha marta paydo bo‘lgan.
Shuningdek, u 2019 yildan beri yirik raketa sinovlari paytida kuzatuv ob’ekti sifatida xizmat qilish uchun maxsus yapon va xitoy avtobuslarini haydaydi.
Kimning otasi Kim Ir Sin esa Lincoln limuzinlaridan foydalangan.
Olaf Shols
Germaniya kansleri Olaf Shols rasmiy avtomobil sifatida Mercedes S 680 Guard’ni tanladi. Oxirgi 50 yilda kansler qaysi partiyadan bo‘lishidan qat’i nazar, 1949 yildan 1998 yilgacha hamma Mercedes’ni tanlagan.
Mercedes S 680 Guard VR10 xavfsizlik tasnifining yuqori talablariga javob beradi. Og‘irligi 4,2 tonna, fuqarolik versiyasidan ikki baravar ko‘p, Mercedes S 680 Guard 547 ming yevrodan boshlanadi, bu Mercedes-Maybach 680 bilan solishtirganda ikki baravar qimmat.
Mashinaning og‘irligi juda katta, chunki u 2 tonna zirhga ega va birgina old oynasi 120 kg. Mashinada yo‘lovchilarni bezovta qiluvchi gazlar yoki tutun paydo bo‘lishidan himoya qilish uchun toza havo baki ham mavjud.
Mercedes S 680 Guard 6 litrli V12 dvigateli bilan jihozlangan bo‘lib, 612 ot kuchiga ega, 9 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi va 4Matic to‘liq g‘ildiragiga ega.
Emmanuel Makron
Fransiya prezidentlari tez-tez, ba’zan esa juda qisqa sayohatlar uchun qulay, keng mashinalarni ishlatadi. So‘nggi 100 yil va undan ko‘proq vaqt mobaynida ko‘plab Renault avtomobillari Fransiya prezidentligining rasmiy avtomobili bo‘lib xizmat qildi. Ulardan ba’zilari ustki ochiq mashinalar bo‘lib, Prezidentning olomonga, xususan, saylov paytida odamlarga qo‘l silkitishiga imkon bergan. Boshqalar esa ko‘proq qulaylik uchun maxsus ishlab chiqarilgan limuzinlar yoki SUVlar edi. Oxirgi 40 yil davomida esa ularning aksariyati xavfsizlik nuqtai nazaridan jiddiy qurollangan.
2024 yil 14 iyulda Renault Rafale Prezident Emmanuel Makronning yangi rasmiy avtomobiliga aylandi. Makron Renault’ning so‘nggi D segmenti modelini tanladi. Dunyoda yagona bo‘lgan, Prezidentlik idorasiga yetkazib berilgan avtomobil maxsus “Tungi ko‘k” kuzov rangi, gradiyentdagi uch rangli bayroq bilan bezatilgan panjara, prezidentlik funksiyasi talablariga javob beradigan xususiyatlardan foydalanadi.
Qirol Charlz III
Buyuk Britaniya qiroli Charlz III ning eng sevimli mashinasi bu ko‘k rangli Aston Martin DB6 Volante bo‘lib, bu unga 21 yoshga to‘lganida tug‘ilgan kuni uchun onasi, marhum qirolicha Yelizaveta II tomonidan sovg‘a qilingan. 2019 yilda u Buyuk Britaniyadagi birinchi to‘liq elektr Jaguar I-Pace avtomobillaridan birini sotib oldi. U ba’zan mamlakat bo‘ylab sayohat qilganda havo ifloslanishini minimallashtirish uchun I-Pace’dan foydalanadi.
Imomali Rahmon
Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon ko‘p sonli boshqa prezidentlar singari sinovdan o‘tgan Mercedes-Benz 600 va Pullman W220 avtomobilini ma’qul ko‘radi.
Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat milliy avtosanoati mahsuli bo‘lgan Chevrolet Malibu avtomobiliga ega. Davlat rahbarining o‘zi dam olish kunlarida ushbu avtomobildan foydalanib, shahar aylanishni yoqtirishini aytgan. Shuningdek, Prezident Toshkentdagi ko‘priklardan birining ochilishiga ham ushbu avtomobilda tashrif buyurgan edi. Prezident sifatida esa Mercedes Benz avtomobilidan foydalanadi.
LiveBarchasi