Qirg‘izistonlik “Vagner” jangchisi sheriklarini o‘ldirgani uchun hibsga olindi

Olam

image

Rossiyaning Voronej viloyatida 24 iyun kungi isyonda qatnashishdan bosh tortgani uchun ikki sherigini otib o‘ldirgan qirg‘izistonlik erkak hibsga olindi. Bu haqda Rossiyaning bir qator Telegram-kanallarida xabar berildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 6 iyul kuni Voronej viloyati Xoxolskiy tumanidan o‘tuvchi Voronej–Lugansk trassasidan uncha uzoq bo‘lmagan joyda, Oskino qishlog‘i yaqinida harbiy kiyimdagi ikki erkakning jasadi topilgan. Jasadlarning yaqinida qarovsiz qoldirilgan UAZ mikroavtobusi ham borligi aniqlangan. Transport vositasining ichidan esa AK avtomatlari, pulemyot, granata va patronlar topilgan.

Tergov harakatlari natijasida gumonlanuvchi qo‘lga olindi. Ma’lum bo‘lishicha, jinoyatni qirg‘izistonlik 25 yoshli Yaroslav Shexovsov ismli erkak sodir etgan. U “Vagner” a’zosi ekani hamda ikki sherigini 24 iyun kungi isyonda qatnashishdan bosh tortgani uchun otib o‘ldirganini tan olgan. Holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonda Rossiya tomonidan Ukrainadagi urushda qatnashgan shaxs 10 yilga qamalgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston “Vagner”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing