Qirg‘izistonga 65 yoshli jurnalist Davlat kotibi etib tayinlandi
Olam
−
03 iyul 2021
3269Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Cho‘lponbek Abikeyevni Respublikaning Davlat kotibi lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda davlat rahbari Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lumot uchun, 65 yoshli Cho‘lponbek Abikeyev taniqli jurnalist va yozuvchi hisoblanadi. Shuningdek, u qirg‘iz tilida chiqadigan “Aalam” gazetasining asoschisi va bosh muharriridir.
Ilgari Abikeyev Qirg‘iziston Prezidenti ma’muriyatining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining rahbari bo‘lgan. Shuningdek, u davlat arxiv agentligini ham boshqargan.
LiveBarchasi