Qirg‘izistondan O‘zbekistonga sement eksporti tiklandi

Jamiyat

image

Bugun, 22 may kuni Qirg‘iziston Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasiga sement yetkazib berish tiklandi. Bu haqda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur masala yuzasidan O‘zbekiston va Qirg‘izistonning tegishli vazirlik va idoralari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilgan.

Ma’lumot uchun, bir hafta avval Qirg‘izistondan sement importining to‘xtatilgani sababli chegarada ko‘pgina yuk mashinalari to‘planib qolgandi.

Shu o‘rinda aytish joizki, O‘zbekistonga qirg‘iz sementi nega kiritmaganiga rasmiy izoh berilmadi.


Maqola muallifi

Teglar

chegara O'zbekiston-Qirg'iziston tsement

Baholaganlar

35

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing