Qirg‘izistondan dollar olib chiqish taqiqlandi

Olam

image

Qirg‘iziston Milliy banki yuridik shaxslar uchun naqd dollarni respublikadan tashqariga olib chiqishga vaqtinchalik taqiq joriy qildi. Bu haqda bugun, 12 mart kuni moliyaviy regulyator xabarida aytilgan.

“Qirg‘iziston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash va ichki valyuta bozoridagi vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida Milliy bank boshqaruvining “Qirg‘iziston Respublikasining tijorat banklari, idoralari, mikromoliya va mikrokredit kompaniyalariga nisbatan naqd xorijiy valyuta bilan operatsiyalarni vaqtincha cheklash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.”, deyiladi xabarda.

Bank qaroriga muvofiq, naqd dollarni respublikadan tashqariga olib chiqishga vaqtinchalik taqiq joriy etildi. Ushbu cheklov tijorat banklari, ayirboshlash shoxobchalari, mikromoliya va mikrokredit kompaniyalariga taalluqlidir.

Rossiyaning Ukrainaga hujum boshlashi ortidan rasmiy Moskva va rus biznesiga joriy etilgan cheklovlar ta’siri Markaziy Osiyo davlatlariga ham sezilishi kutilgandi. Shu sababdan mintaqa davlatlari ham o‘z iqtisodiy xavfsizligi uchun harakat boshlagan.

Avvalroq Rasmiy Nur-Sulton AQSHning Rossiyaga qo‘ygan sanksiyalari Qozog‘istonga ta’sir ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Amerika bilan onlayn maslahatlashuv o‘tkazgan edi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 11 mart kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden Rossiyaga dollar yetkazib berishni taqiqlash to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston

Baholaganlar

196

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing