Qirg‘izistondagi zilzila O‘zbekistonga ham sezildi
Jamiyat
−
09:29 845 1 daqiqa
Bugun, 17 sentyabr kuni Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yer qimirlashi tungi soat 01:49 da yuz bergan. Zilzila magnitudasi 3,7, chuqurligi 10 km. Zilzila epitsentri Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida, Toshkentdan 198 km shimoliy-sharqda joylashgan.
Zilzila koordinatalari: 41,58 daraja shimoliy kenglik, 71,55 daraja sharqiy uzunlik.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Yangiqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 37 km.
- Kosonsoy tumanida 2 ball, 39 km.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12 sentyabr kuni Qirg‘iz Respublikasida zilzila sodir bo‘lgan edi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr