Qirg‘izistondagi zilzila O‘zbekistonda sezildi
Jamiyat
−
19 iyun
6498Bugun, 19 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:09 da Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonning bir nechta tumanlarida sezildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berdi.
Unga ko‘ra, yer silkinishining koordinatalari: 41,58 gradus shimoliy kenglik; 71,21 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda – 4,2. Chuqurlik – 10 km. Epitsentr – Toshkentdan 170 km janubi-g‘arbda joylashgan.
Xabarga ko‘ra, zilzila Namangan viloyatining uchta tumanida sezilgan. Bular:
- Yangiqo‘rg‘on tumanida 2-3 ball, 43 km;
- Kosonsoy tumanida 2 ball, 53 km;
- Chust tumanida 2 ball, 59 km.
LiveBarchasi