Qirg‘izistondagi oliygohda mamlakatga umuman bormagan o‘zbekistonlik talabalar borligi aniqlandi

Olam

image

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Ishenali Arabayev nomidagi Qirg‘iz davlat universitetida xizmat soxtakorligi holatini aniqladi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.

Tekshiruvlarga ko‘ra, rasmiy ravishda universitetga qabul qilingan 59 nafar xorijiy talaba amalda Qirg‘izistonga bormagan va o‘qish jarayonida qatnashmagan.

Biroq ushbu shaxslarning hujjatlari universitetda faol talabalar sifatida saqlanib turgan. Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining “xizmat soxtakorligi” moddasi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Komissiya tomonidan olib borilgan tekshiruv natijasida quyidagi talabalar universitetdan chetlashtirilgan:

  • 30 nafar O‘zbekiston fuqarosi;
  • 20 nafar Qozog‘iston fuqarosi;
  • 9 nafar Rossiya fuqarosi.

Qayd etilishicha, tekshiruvlar davom etmoqda. Mazkur qonunbuzarlikka universitetning qaysi o‘qituvchi va ma’muriy xodimlari aloqador bo‘lgani aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Ishenali Arabaev o'zbekistonlik talabalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing