Qirg‘izistonda yuz bergan zilzila Namanganda sezildi

Jamiyat

−

image

Qirg‘izistonda yuz bergan zilzila Namangan viloyatida sezildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Bugun, 13 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 11:44 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila koordinatalari: 41,6 gradus shimoliy kenglik; 71,67 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,9. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentri Toshkentdan 208 km shimoliy-sharqda.

O‘zbekiston Respublikasi hududia sezilish kuchi:

  • Yangiqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 37 km.
  • Kosonsoy tumanida 2 ball, 48 km.

Eslatib o‘tamiz, 5 may kuni Namangan viloyatida mahalliy vaqt bilan soat 13:16 da  3,7 magnitudali zilzila qayd etilgandi. 6 may kuni Samarqand viloyatida 4 magnitudali zilzila bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing