Qirg‘izistonning yangi Hukumati tasdiqlandi

Olam

image

Avvalroq, Qirg‘izistonning yangi Hukumati tarkibini mamlakat parlamenti tasdiqlagan edi. 

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Hukumat a’zolarini tayinlash haqida farmonlarni imzoladi. Bu haqda 24.kg xabar bermoqda.

Birinchi farmonga ko‘ra, Ulukbek Maripov Qirg‘iziston Respublikasi Hisob palatasi raisligi lavozimidan ozod etilib, mamlakat Bosh vaziri etib tayinlandi. 

Ikkinchi farmon bilan Artyom Novikov Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Boshqa farmonlarga binoan:

•  Karmishakov Ulukbek Toychuyevich Bosh vazir o‘rinbosari hamda Iqtisodiyot va moliya vaziri;

•  Asankulov Jenishbek Asankulovich Hukumat apparati rahbari hamda vazir;

•  Omuraliyev Taalaybek Bariktabasovich Mudofaa vaziri;

•  Kazakbayev Ruslan Aytbayevich Tashqi ishlar vaziri;

•  Chinbayeva Asel Rispekovna Adliya vaziri;

•  Niyazbekov Ulan Omokanovich Ichki ishlar vaziri;

•  Beyshenaliyev Almazbek Ta’lim va fan vaziri;

•  Beyshenaliyev Alimkadir Savirdinovich Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy taraqqiyot vaziri; 

•  Abdraliyeva Gulmira Kurmanbekovna Transport, arxitektura, qurilish va kommunikatsiyalar vaziri;

•  Turdubayev Kubanichbek Apishevich Energetika va sanoat vaziri;

•  Janibekov Askarbek Saparbekovich Qishloq, suv xo‘jaligi va mintaqaviy rivojlanish vaziri;

•  Ajikeyev Boobek Ergeshevich Favqulodda vaziyatlar vaziri;

•  Imanaliyev Kayrat Oljobayevich Madaniyat, axborot va sport ishlari vaziri;

•  Tashiyev Kamchibek Kidirshayevich Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining raisi etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 yanvar kuni Qirg‘izistonda muddatidan oldin o‘tkazilgan prezidentlik saylovida Sadir Japarov g‘alaba qozongan edi. U 28 yanvar kuni inauguratsiya marosimidan keyin lavozimga kirishdi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Sadir Japarov

Baholaganlar

76

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing