Qirg‘izistonda tuproq ko‘chkisi sodir bo‘ldi (video)

Olam

image

Bugun, 22 mart kuni Qirg‘izistonning O‘sh viloyati O‘zgan tumanida hajmi 1 million kub metrlik ko‘chki tushib, 18 ta turar-joy binosiga xavf tug‘dirdi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zgan viloyati Jalpoq-Tosh qishloq tumanidagi Karl Marks qishlog‘ining Qizil-Kungey uchastkasida tuproq ko‘chishi yuz bergan. Hodisa 300 metrga yaqin masofada sodir bo‘lgan.

Vazirlik hodisa ko‘lamini dron orqali ko‘rsatgan. 

Qirg‘izistonda tuproq ko‘chishi bilan bog‘liq vaziyatlar 2017 yil bahoridan kuchaygan. O‘tgan yilning kuzida Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassislari 18 ta uy aholisini boshqa joyga ko‘chirishni taklif qilgan edi.

Hozirda hududdagi odamlar qutqaruvchilar tomonidan xavfsiz joylarga evakuatsiya qilinmoqda. Tuman fuqaro muhofazasi xizmati tomonidan ogohlantirish e’lon qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston tuproq ko'chkisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing