Qirg‘izistonda takroriy parlament saylovi sanasi belgilandi

Olam

image

Qirg‘iziston parlamenti Jo‘qorg‘u Kenesh deputatligiga takroriy saylov joriy yilning 20 dekabr kuni o‘tkaziladi. Mamlakat Markaziy saylov komissiyasi tegishli qarorni qabul qildi.

MSK a’zosi Gulnora Jo‘raboyeva komissiya bir nechta qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish kiritish niyatida ekanini ma’lum qildi.

“Ular Ular qo‘mita ruxsatini oldi va bu ishlar parallel olib boriladi. Bizning qarorimiz bu dasturlarni qabul qilishga to‘siq bo‘lmaydi”, degan u.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 oktyabr kuni MSK dastlab o‘tkazilgan parlament saylovi natijalarini Bishkekda norozilik boshlangach, bekor qilishga majbur bo‘lgandi.

Xalq namoyishlari oqibatida Qirg‘iziston oliy hokimiyatida o‘zgarish bo‘ldi. Prezidenti Sooronbay Jeenbekov iste’foga chiqdi. Bundan tashqari, parlament spikeri va Bosh vazir ham o‘zgardi


Maqola muallifi

Teglar

saylov Qirg'izistondagi vaziyat

Baholaganlar

80

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing