Qirg‘izistonda “Sukunat to‘g‘risida”gi qonun qubul qilindi

Olam

image

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov “Sukunat to‘g‘risida”gi Qirg‘iziston Respublikasi qonunini imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu qonun fuqarolar salomatligini tovush bosimi va shovqinning ruxsat etilgan darajadan oshib ketishining zararli ta’siridan himoya qilish maqsadida qabul qilingan.

“Mazkur qonun ushbu qonunning 1-moddasi 1-qismiga muvofiq aholining sukunat va dam olish vaqtini ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni tartibga soladi”, deyiladi xabarda.

Shunday qilib, ushbu qonunga muvofiq, fuqarolar tinchligi va osoyishtaligini buzishdan muhofaza qilinishi kerak bo‘lgan ob’ektlar (binolar) va hududlar ro‘yxati ishlab chiqiladi, belgilangan tovush bosimi va shovqin darajasidan oshib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydigan vaqt jadvali (ish kunlari – 22:00 dan 07:00 gacha, dam olish va bayram kunlari – 22:00 dan 09:00 gacha) joriy etiladi.

Qolaversa, fuqarolar tinchligi va osoyishtaligini buzadigan xatti-harakatlar:

– televizorlar, radiopriyomniklar va boshqa tovushni qayta ishlab chiqaruvchi qurilmalardan, shuningdek, tovush bosimi va shovqinning ruxsat etilgan darajadan oshib ketadigan, shu jumladan avtotransport vositalarida, savdo-sotiq ob’ektlarida, ko‘ngilochar maskanlarda hamda umumiy ovqatlanish binolarida o‘rnatilgan tovushni kuchaytiruvchi qurilmalardan foydalanish;

– musiqa asboblarini chalish, hushtak chalish, qo‘shiq aytish, shuningdek tovush bosimi va shovqinning ruxsat etilgan darajadan oshib ketadigan tovushlar bilan birga keladigan boshqa harakatlar;

– qoidabuzarlar tomonidan ishga tushirilgan qo‘riqlash signalizatsiyasining ovozli signallarini, avtotransport signalizatsiyasini o‘chirish choralarini o‘z vaqtida ko‘rmaslik, ovozli signallardan zaruratsiz foydalanish yoki transport vositasidan foydalangan holda boshqa shovqin effektini yaratish, dam olish vaqtida sukunatning buzilishiga olib keladi;

– pirotexnika vositalaridan foydalanish;

– ta’mirlash, tushirish, tozalash va boshqa turdagi ishlarni bajarish, odamlarning dam olish vaqtida tinchlikning buzilishiga olib keladigan mexanik vositalar va texnik vositalarni ishlatish;

– belgilangan vaqtda qo‘riqlanishi kerak bo‘lgan hududlar va binolarda fuqarolar tinchligi va osoyishtaligi buzilishiga olib kelgan boshqa harakatlar to‘liq taqiqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov ota-onaga g‘amxo‘rlik qilishdan bo‘yin tovlagan, qirg‘izistonliklarga jarima va qamoq jazosi tayinlash to‘g‘risidagi qonunni imzolagandi. Jogorku Kenesh tomonidan 2024 yil 17 oktyabrda qabul qilingan qonunda ota-onasining alimenti uchun pul to‘lash bo‘yicha sud qarorini bajarmagan farzandlarga nisbatan qattiq jazo choralari joriy etilishi nazarda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Sukunat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing