Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezildi

Jamiyat

image

Bugun, 2 may kuni Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on va Kosonsoy tumanlarida sezildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qiladi.

Ma’lum bo‘lishicha, yer silkinishi Toshkent vaqti bilan 09:46 da Qirg‘izistonda qayd etilgan. Zilzila 4,3 magnitudali bo‘lib, uning o‘chog‘i 10 km chuqurlikda joylashgan. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 205 km shimoliy-sharqda bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

Yangiqo‘rg‘on tumanida 2-3 ball, 51 km.

Kosonsoy tumanida 2 ball, 60 km.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Qirg'iziston zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing