Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezildi

Olam

−

image

Qirg‘iziston Respublikasining Jalolobod shahrida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Bildirilishicha, bugun, 28 mart kuni Toshkent vaqti bilan 06:17 da Qirg‘izistonning Jalolobod shahrida yer qimirlagan. Zilzila koordinatalari: 41,67 gradus shimoliy kenglik; 71,75 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3.7. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 216 km janubiy-sharqda. Epitsentrda sezilish kuchi 5 ball.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  • Yangiqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 45 km;
  • Kosonsoy tumanida 2 ball, 53 km;
  • Chortoq tumanida 2 ball, 54 km.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida 3.8 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing