Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila Toshkentda sezildi

Jamiyat

−

image

Bugun, 23 noyabr kuni Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistondagi vodiy viloyatlari va Toshkent shahrida sezildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Toshkent vaqti bilan 13:33 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘lgan. Zilzila koordinatalari: 39,5 gradus shimoliy kenglik; 71,74 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,3. Chuqurlik 10 km.

Zilzila epitsentri Toshkentdan 290 km janubiy-sharqda.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  • Farg‘ona viloyatida 2-3 ball, 98 km.
  • Andijon viloyatida 2 ball, 151 km.
  • Namangan viloyatida 2 ball, 167 km.
  • Toshkent shahrida 2 ball, 290 km.

Eslatib o‘tamiz, 15 noyabr kuni Navoiy viloyatida 3,9 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing