Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila Namanganda sezildi

Jamiyat

image

Bugun, 4 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 03:43 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Zilzila koordinatalari: 41,88 gradus shimoliy kenglik; 72,24 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4 Chuqurlik 5 km. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 261 km shimoliy-sharqda.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  • Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 81 km.
  • Namangan viloyatining Chortoq tumanida 2 ball, 91 km.

Eslatib o‘tamiz, Tojikistonda 22 mart kuni sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonning Farg‘ona, Andijon, Namangan, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrida sezilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing