Qirg‘izistonda sobiq prezidentning qo‘riqchisi qo‘lga olindi

Olam

image

Bugun, 8 avgust kuni Qirg‘izistonning Bishkek shahrida mamlakatning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevning qo‘riqchisi Erkin Mambetaliyev Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.

U mamlakatdagi uyushgan jinoyatchilik guruhlarining rahbari hamda “qonundagi o‘g‘ri” maqomini olgan birinchi qirg‘iz millatiga mansub shaxs – “Kolya Qirg‘iz” laqabi bilan tanilgan jinoiy avtoritet Qamchibek Ko‘lboyevning jinoiy guruhiga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.

Erkin Mambetaliyev Qirg‘iziston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining xizmat suiiste’moliga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Chinibek Aliyevni o‘ldirganlikda ayblangan. 2008 yilda Oliy sud Mambetaliyevni bir necha kishi, jumladan deputat Jirgalbek Surabaldiyevni o‘ldirishda ishtirok etganlikda aybdor deb topib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilgan. Biroq 2010 yil aprel voqealaridan keyin sud ishni ko‘rib chiqib, amnistiya qo‘lladi va u to‘g‘ridan to‘g‘ri sud zalidan ozod qilingan.

2023 yilning dekabr oyida Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi uyushgan jinoiy guruhning marhum rahbari Qamchibek Qo‘lboyev (“Kolya Qirg‘iz”)ga aloqador tadbirkorlarni qo‘lga olgan. Gumonlanuvchilar “qonundagi o‘g‘ri” deb atalgan “Kolya Qirg‘iz” homiyligidan foydalanib, rossiyalik investorlarning pullarini aldov yo‘li bilan o‘zlashtirib olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonda amaldagi hokimiyatni egallab olishga uringan guruh rejasi to‘xtatib qolingandi. Hokimiyatni egallashga uringan ushbu guruhdan deputatning guvohnomasi topildi. Shuningdek, Qirg‘izistonda MDH davlatlaridan birining hududida terakt tayyorlashda gumon qilingan shaxs qo‘lga olingani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Almazbek Atambaev Erkin Mambetaliev prezident qo'riqchisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing