Qirg‘izistonda sobiq Bosh vazir o‘rinbosari va sobiq Prezident Administratsiyasi rahbari qamoqqa olindi
Olam
−
10 iyun 2021
7586Kecha, 9 iyun kuni Qirg‘izistonda Prezident ma’muriyatining sobiq rahbari Doniyor Narimboyev va mamlakat Bosh vazirining sobiq o‘rinbosari Almazbek Botirbekov hibsga olindi. Bu haqda Respublika poytaxti Birinchi may tuman sudi xabar berdi.
“Narimboyev va Botirbekovga nisbatan sudgacha (2021 yil 31 iyuliga qadar) qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi ko‘rilgan”, deydi sud vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sobiq amaldorlar sudgacha Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining (MXDQ) hibsxonasida bo‘ladi. Jinoyat kodeksining qaysi moddasiga ko‘ra ularga nisbatan ish ochilgani hozircha ma’lum emas.
Avvalroq qator qirg‘iz ommaviy axborot vositalarida Narimboyev va Botirbekov Qumtor oltin konidagi korrupsiya ishi bo‘yicha MXDQ tomonidan so‘roqqa chaqirilgani haqida xabar berilgan edi.
Narimboyev 2012 yildan 2015 yilgacha Qirg‘iziston davlati rahbarining apparatini boshqargan. 2015 yil noyabr oyida u firibgarligi uchun uch yilga hukm qilindi.
Botirbekov 2020 yilning iyunidan oktyabrigacha Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
LiveBarchasi