Qirg‘izistonda sel oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi
Olam
−
01 iyul 2024
4149Kecha, 30 iyun kuni Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan sel oqibatida 9 kishi, jumladan, bolalar halok bo‘ldi. Bu haqda Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘sh viloyatining Nookat tumanida sodir bo‘lgan sel oqibatida halok bo‘lganlarning umumiy soni 9 kishiga yetgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlarning olti nafari 8 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan bolalardir. Ularning barchasi bir oila vakillari ekani aniqlangan. Ulardan birining jasadi Abshir-Ota qishlog‘idan topilib, militsiyaga topshirilgan.
Bildirilishicha, qidiruv tadbirlarida 373 kishi: Favqulodda vaziyatlar vazirligining 53 nafar qutqaruvchisi, Qirg‘iziston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 120 nafar xodimi, Mudofaa vazirligining 50 nafar xodimi va 150 nafar mahalliy aholi ishtirok etgan.
LiveBarchasi