Qirg‘izistonda “samosud”: Chorva bozorida o‘g‘rilik qilgan shaxs “stolba”ga osib qo‘yildi (video)
Olam
−
30 aprel 2023
33049Qirg‘izistonning Talas shahridagi chorva bozorida erkakni ustunga bog‘lab qo‘yish orqali “samosud” qilishdi. U cho‘ntak o‘g‘riligida gumon qilinmoqda. Bu haqda “Sputnik Kirgizstan”
xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda, bugun, 30 aprel kuni Talasdagi chorva bozorida erkakning ustunga bog‘lab qo‘yilgani aks etgan.
Aytilishicha, erkak 150 ming somni (19,5 mln o‘zbek so‘miga teng) o‘g‘irlagani uchun “stolba”ga osilgan.
Talas viloyati IIB matbuot xizmati xodimi ijtimoiy gumonlanuvchi politsiyaga olib ketilgani va ish qonun doirasida ko‘rib chiqilishini ma’lum qilgan.
LiveBarchasi