Qirg‘izistonda ro‘y bergan YTH 7 kishini hayotdan olib ketdi
Olam
−
04 mart 2020
6210Qirg‘iziston janubida avtohalokat oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi. Bu haqida mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Jalolobod viloyatining Nooken tumanidan o‘tgan Bishkek-O‘sh trassasida, 3 martdan 4 martga o‘tar kechasi Mercedes Vito va Honda Jazz avtoulovlari ishtirokida avtohalokat yuz berdi. Oqibatda 7 kishi halok bo‘ldi va yana 6 kishi jarohat oldi", deyiladi matbuot xizmati ma’lumotida.
Xabarlarga ko‘ra, jarohatlanganlarning barchasi Shamaldi-Soy shahridagi shifoxonaga yetkazilgan.
LiveBarchasi
Farg‘onada qiymati 76 mln so‘mlik “paqqilloqlar” ushlandi
07 noyabr 2023
Shavkat Mirziyoyev Qatar sobiq bosh vazirini qabul qildi
07 noyabr 2023
Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtaye G‘azodagi urush sabab halok bo‘lgan bolalar haqida gapirayotib yig‘lab yubordi
07 noyabr 2023