Qirg‘izistonda Prezident administratsiyasi tashkil etildi

Olam

image

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Prezident ma’muriyati tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda “Kabar.kg” yozmoqda.

Unga ko‘ra, Prezident ma’muriyati avvalgi Prezident va hukumat idoralari asosida shakllantirilgan.

Shuningdek, davlat rahbarining farmoni bilan:

  • Suyunbek Saparbekovich Kasmambetov Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti ma’muriyatining rahbari etib tayinlandi va avvalgi lavozimidan ozod etildi;
  • Mederbek Asanbekovich Satev Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti ma’muriyati rahbarining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi va ilgari ishlagan lavozimidan ozod etildi;
  • Bektur Risbayevich Zulpiyev Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti ma’muriyati rahbarining o‘rinbosari etib tayinlandi va ilgari ishlagan lavozimidan ozod etildi;
  • Jenishbek Asankulovich Asankulov Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti ma’muriyati rahbarining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Ta’kidlash joizki, joriy yilning 21 aprel kuni o‘tkazilgan referendumda saylovchilarning qariib 80 foizi prezidentlik boshqaruv shakliga o‘tishni yoqlab ovoz bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Japarov

Baholaganlar

59

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing