Qirg‘izistonda pedofillar uchun jazo kuchaytirildi

Olam

image

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov voyaga yetmaganlarni zo‘rlaganlik uchun jazoni kuchaytiruvchi qonunni imzoladi, xususan, 60 yoshdan oshgan fuqarolar bunday jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilinadi. Bu haqda Qirg‘iziston davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Qirg‘iziston Respublikasining Jinoyat kodeksi va Qirg‘iziston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodekslarga kiritilgan o‘zgartirishlar jinoyat sodir etgan paytda 60 yoshga to‘lgan erkaklarni umrbod ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutadi. Gap "bolaning jinsiy daxlsizligi va jinsiy erkinligiga qarshi" jinoyat sodir etganlar haqida bormoqda. Ilgari 60 yoshdan oshgan shaxslar bunday jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilinmas edi.

“Qonun bilan Qirg‘iziston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartishlar kiritildi. Unga ko‘ra, jazoni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan og‘ir kasallik mavjudligiga qaramay, bolaning jinsiy daxlsizligi va jinsiy erkinligiga qarshi jinoyat sodir etganlik uchun sud tomonidan jazo tayinlangan holda ayblov hukmi chiqarilishi belgilab qo‘yilgan”, deyiladi xabarda.

O‘zgartirishlar parlament tomonidan 11 aprel kuni qabul qilingan.

Qirg‘izistonda umrbod qamoq jazosi eng yuqori jazo hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev pedofillar hamda ekstremizm va terrorizmga aloqador shaxslarning respublikaga kirishini taqiqlovchi qonunni imzolagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston pedofil Sadir Japarov jinoiy javobgarlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing