Qirg‘izistonda odamlarni qiynagan ichki ishlar xodimi qo‘lga olindi
Olam
−
15:54
2745Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shahrida Oktyabr tumani Ichki ishlar bo‘limi tezkor xodimi pora olish va qiynoqlar qo‘llagani uchun qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Politsiya xodimi S.A.Sh. Harbiy prokuratura tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida IIV Ichki tergov xizmati bilan hamkorlikda ushlangan.
Tergov materiallariga ko‘ra, Oktyabr tumani IIB mansabdor shaxslari zo‘rlash moddasi bo‘yicha ochilgan jinoiyat ishini ni tugatish hamda bu orqali 500 ming som miqdorida pora undirish maqsadida 2024 yilning sentyabr oyida ikki nafar fuqaro K.A. va A.N.ga nisbatan qiynoq qo‘llagan.
Hozirda jinoyatga aloqador barcha shaxslarni aniqlash va javobgarlikka tortishga qaratilgan tergov va tezkor-qidiruv tadbirlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Bekobod shahri IIB binosida sudlanuvchining akasini kaltaklab, uning o‘limiga sabab bo‘lgan IIB xodimi 9 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi. Inspektor so‘rovxonaga olib kirmasdan, sudlanuvchining akasini qo‘llarini orqaga qayirgan holda qaddini bukkan hamda qorin qismiga tizzasi bilan zarba bergan. So‘ngra uni yerga yiqitib, uning yuz va qorin qismlariga zarba berib, og‘ir tan jarohati yetkazgan.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar