Qirg‘izistonda OAVning bolalar uchun zararli kontent tarqatishi taqiqlandi

Olam

image

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov ommaviy axborot vositalarida bolalar salomatligi yoki rivojlanishiga zarar yetkazuvchi kontentni chop etish va tarqatishni taqiqlovchi qonunni imzoladi. Bu haqda respublika rahbari matbuot xizmati xabar berdi. 

Qonun xavfsiz muhitni yaratish hamda bolalar va o‘smirlarning ma’naviy, jismoniy, psixologik va ijtimoiy salomatligini mustahkamlash uchun qabul qilingan.

“Bolalarga zarar yetkazuvchi kontentni tarqatganlik uchun aybdorlar, agar qilmishlari jinoiy javobgarlikka tortilmasa, Huquqbuzarlik kodeksida belgilangan tartibda jazolanadi”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Aytilishicha, qonun bolaning yoki boshqalarning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soluvchi, taqiqlangan moddalar, alkogolli va energetik ichimliklar iste’mol qilish istagini uyg‘otadigan, shuningdek, noan’anaviy jinsiy aloqalarni rag‘batlantiruvchi harakatlarga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan kontentga nisbatan qo‘llaniladi. Bundan tashqari, pornografik materiallar, behayo so‘zlar yoki noqonuniy xatti-harakatlarni oqlovchi materiallarni  tarqatish qat’iy taqiqlanadi.

“Davlat bolalarning har tomonlama ma’naviy-axloqiy, intellektual va jismoniy rivojlanishi uchun sharoit yaratish orqali ularni vatanparvarlik va fuqarolik ruhida tarbiyalaydi”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing