Qirg‘izistonda navbatdagi hokim hibsga olindi
Olam
−
18 avgust 2025 6949 2 daqiqa
Qirg‘izistonning Bishkek shahar Pervomay tuman sudining 2025 yil 15 avgustdagi qarori bilan mamlakat IIV Tergov xizmati tergovchisining iltimosnomasi asosida Issiqko‘l tumani hokimi Japarbek O‘rmonov hibsga olindi. Bu haqda tuman sudi xabar berdi.
Qayd etilishicha, tuman rahbari uyushgan guruh, jinoiy uyushma manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan korrupsiya yoki og‘ir zarar yetkazishda ayblanmoqda va u joriy yilning 4 sentyabrigacha hibsda qoladi.
Amaldor Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 336-moddasi (korrupsiya) 2-qismi bilan ayblanmoqda. Ushbu modda sanksiyasiga ko‘ra, O‘rmonov uyushgan guruh, jinoiy jamoa manfaatlarini ko‘zlab jinoyat sodir etgan yoki og‘ir zarar yetkazgan bo‘lsa, mulki musodara qilinib, muayyan lavozimlarni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilinib, 12 yildan 15 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Japarbek O‘rmonov 2023 yilning avgust oyida Issiqko‘l tumani hokimi etib tayinlangan edi. Undan oldin esa Cho‘lpon-Ota hokimi, O‘sh shahar hokimi o‘rinbosari, O‘sh shahar kengashi deputati bo‘lib ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonning Shopokov shahar hokimligi mansabdor shaxslariga tovar yetkazib berish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha davlat xaridlarini o‘tkazish tartib-taomillarini o‘tkazishda korrupsiyaga yo‘l qo‘yganlik holatlari yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. Qirg‘izistonning Bishkek shahri hokim o‘rinbosari Taalaybek Boygaziyev ham pora olishda gumonlanib, hibsga olingandi. Shuningdek, To‘qmoq shahri hokimi Maqsad Nusuvaliyev hokimlik yig‘ilishi paytida Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Toshiyevning buyrug‘i bilan hibsga olingandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025