Qirg‘izistonda MDH davlatlaridan birida terakt tayyorlagan shaxs qo‘lga olindi
Olam
−
27 iyul
4140Qirg‘izistonda MDH davlatlaridan birining hududida terakt tayyorlashda gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot markazi xabar berdi.
“O‘tkazilayotgan aksilterror tadbirlari davomida Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tomonidan xalqaro terrorchilik tashkiloti a’zosi, Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi, yashirin terrorchilik guruhining bir qismi sifatida MDH mamlakatlaridan birida terakt uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rayotganlikda gumon qilinib, ushlanib, tergov izolyatoriga joylashtirildi”, deyiladi xabarda.
Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozircha tergov manfaati uchun ism va familiyasi e’lon qilinmagan hibsga olingan shaxsning barcha harakatlari “terrorchi tashkilotlardan birining emissarlari tomonidan muvofiqlashtirilgan” messenjerlar yordamida amalga oshirilgan.
Terrorchi guruh nomi ham e’lon qilinmagan. Matbuot markazi xabariga ko‘ra, gumonlanuvchi jinoyat sodir etishga urinishdan oldin “xalqaro terrorchi tashkilot yetakchisiga sodiqlikka qasamyod qilgan”.
“Ushbu fakt bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi hamkor razvedka xizmatlari bilan birgalikda terrorchilik guruhining boshqa ishtirokchilariga nisbatan surishtiruv ishlarini olib bormoqda”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi