Qirg‘izistonda mamlakatga O‘zbekistondan sabzavot va mevalarni olib kirmaslik taklif etildi

Jamiyat

image

Qirg‘izistonda O‘zbekistondan sabzavot va mevalarni olib kirishni taqiqlash taklif etildi. Bu haqda bugun, 24 iyun kuni Qirg‘iziston Respublikasi Jogorku Keneshining VII chaqiriq “Yiman Nuru” siyosiy partiyasidan saylangan deputati Balbak Tuloboyev Agrar siyosat, suv resurslari, ekologiya va hududiy rivojlanish masalalari qo‘mitasining yig‘ilishida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, deputat O‘zbekiston va Turkmanistondan sabzavot va mevalar (rezavorlarni ham) olib kirishga taqiq joriy etishni taklif qilgan. Shuningdek, u nutqi davomida mahalliy fermerlarga o‘z mahsulotlarini bozorga chiqarishga yordam berish uchun shunday chora zarurligini bildirgan.

“Nega o‘zimizniki bo‘la turib, boshqalarni boyitib, ularning mahsulotlarini sotib olishimiz kerak? Biz mahalliy sabzavot, meva va rezavorlarni nafaqat eksport, balki iste’mol qilmoqchimiz”, deydi deputat.

Uning aytishicha, O‘sh viloyati dehqonlari ham pomidor narxi tushib ketganidan noliyapti, tarvuz, poliz va sabzavot O‘zbekiston va Turkmanistondan Qirg‘izistonga olib kelingani bois ularning mahsulotini hech kim xarid qilmay qo‘ygan.

Bunga javoban Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Kubat Kuseyinov tegishli masalani ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston sabzavot va mevalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing