Qirg‘izistonda koronavirusga qarshi choralar kuchaytiriladi

Olam

image

Bugun,  1 iyul kuni Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronboy Jeenbekov Bosh vazir Kubatbek Boronov bilan mamlakatdagi mavjud epidemiologik vaziyatni muhokama qildi. 

Hukumat rahbari Respublika shtab-kvartirasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bishkek shahar meriyasi va Hukumatning koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha vakolatli idoralari tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berdi. 

Qayd etilishicha,  bugun, kun oxiriga kelib, bemorlar uchun bir qator o‘quv muassasalarining yotoqxonalarida 750 ta va Manas aeroportida 400 o‘rinli yotoq tashkil etiladi. 

Uchrashuvda ta’kidlanishicha, tez tibbiy yordamning imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.  Biroq, mutaxassis kadrlar tanqisligi talabalarni ishga jalb qilishga sabab bo‘lmoqda. 

Mamlakatda aholiga tibbiy maslahat berish bo‘yicha "118" ishonch telefoni "xizmati kuchaytirilgan. 

Shu bilan birga, Bosh vazir Prezidentni pandemiyaga qaramay, davlatning barcha ijtimoiy majburiyatlari bajarilayotgani, shu jumladan ijtimoiy to‘lovlar va ish haqi o‘z vaqtida to‘lanayotganiga ishontirdi.  

Prezident Sooronboy Jeenbekov bugungi kunda virus keng tarqalishining oldini olish, shuningdek bemorlarni tibbiy muassasalarga joylashtirish asosiy vazifa ekanini ta’kidladi. 

Prezidentning qayd etishicha, mamlakat bo‘ylab epidemiyaga qarshi tadbirlarni kuchaytiriladi. 

Davlat rahbari shifoxonalarda qo‘shimcha ko‘rpa-to‘shaklarni tezroq ko‘paytirish,  koronavirus infeksiyasi bo‘lgan bemorlarni davolash uchun yangi tibbiy muassasalarni moslashtirish, tibbiyot xodimlarini safarbar etishga alohida e’tibor qaratdi. 

“Respublika shtab-kvartirasi va mutaxassislaridan jamoatchilik barcha masalalar bo‘yicha to‘liq va haqqoniy ma’lumotlarni olishi kerak. Jamiyatning fikr-mulohazalari juda muhimdir. Shundagina keskin vaziyatni yengillashtirish va xavotirli prognozlar tarqalishini kamaytirish mumkin bo‘ladi”, deydi Prezident. 

Davlat rahbari so‘zida davom etarkan, hozirdanoq kuz-qish mavsumiga, xususan mavsumiy kasalliklarni davolashga tayyorgarlik ko‘rishni buyurdi. 

Ma’lumot o‘rnida, ayni vaqtda Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar 5735 nafarni tashkil etmoqda. Ularning 62 nafari vafot etgan, 2443 nafari sog‘aygan. 


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Sooronboy Jeenbekov

Baholaganlar

48

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing