Qirg‘izistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 12 kishiga yetdi

Olam

image

Qirg‘izistonda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq holatlar soni 871 kishiga yetdi, 12 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda bugun, 6 may kuni COVID-19 ga qarshi kurashish bo‘yicha respublika shtab-kvartirasi ma’lum qildi.

“2020 yilning 6 may holatiga ko‘ra, respublikada SOVID-19 ning 28 ta yangi holati qayd etildi. Ular ichida to‘rt nafar tibbiyot xodimi ham bor”, deyiladi xabarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu kasallikdan yana bir o‘lim qayd etilgan. “O‘tgan kun davomida 67 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi. Shuningdek, unga ikki tomonlama pnevmoniya, ko‘p a’zolar yetishmovchiligi sindromi va miya shishi tashxisi qo‘yildi. Bemor, shuningdek, portal gipertenziya va ekssudativ plevrit bilan jigar sirozidan aziyat chekkan”, deyiladi shtab-kvartira xabarida.

Bugungi kunda Qirg‘izistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan 871 nafar bemor bor. 12 kishi ushbu kasallikdan vafot etdi. 12 614 nafar bemor butkul sog‘aydi. Pandemiyaning butun davri davomida Respublikada koronavirus uchun 60 mingga yaqin test o‘tkazildi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

70

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing