Qirg‘izistonda xavfsizlik xizmati Bishkekdagi korrupsion sxemani fosh qildi
Olam
−
19:39
2628Qirg‘iziston Respublikasi Bishkek shahar politsiyasi patrul xizmatining to‘rt nafar xodimi korrupsion sxema tuzganlikda ayblanib, qo‘lga olindi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, maxsus xizmatlar poytaxt militsiyasining patrul xizmati idorasida barqaror korrupsiya sxemasini aniqlagan. Inspektorlar to‘siqlarni sun’iy ravishda yaratish va transport vositalarini jarima maydonchalaridan olib chiqishga ruxsat berish muddatlarini uzaytirishdan iborat barqaror sxemani tashkil etgan. Ya’ni, ular avtoturargohdan mashina olish jarayonini tezlashtirish uchun avtohalokat ishtirokchilaridan pul undirgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va kecha, 14 yanvar kuni Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari politsiya patrul xizmatining to‘rtta xodimini hibsga olgan. Ularning kabinetlarida tintuvlar o‘tkazilgan. Bildirilishicha, ushbu jinoyatga aloqadorlarni aniqlash bo‘yicha tadbirlar davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shahrida Oktyabr tumani Ichki ishlar bo‘limi tezkor xodimi pora olish va qiynoqlar qo‘llagani uchun qo‘lga olingandi. Tergov materiallariga ko‘ra, Oktyabr tumani IIB mansabdor shaxslari zo‘rlash moddasi bo‘yicha ochilgan jinoiyat ishini tugatish hamda bu orqali 500 ming som miqdorida pora undirish maqsadida 2024 yilning sentyabr oyida ikki nafar fuqaro K.A. va A.N.ga nisbatan qiynoq qo‘llagan.
LiveBarchasi