Qirg‘izistonda KFC’ni boykot qilganlar hibsga olindi (video)
Olam
−
21 Oktabr
6228Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi KFC tarmog‘ida norozilik aksiyasini o‘tkazgan 4 kishini qo‘lga oldi. Bu haqda Bishkek shahar ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmatiga tayanib, AKIpress xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi tasvirlarga ko‘ra, kecha, 20 oktyabr kuni bir guruh yigitlar KFC tarmog‘idagi restoranlardan biriga Falastin bayrog‘i tushirilgan plakat bilan bostirib kirib, atrofga qizil bo‘yoq sepgan. Xavfsizlik xodimlari bilan janjallashib, o‘z harakatlarini videoga olgan va bu holatni o‘zlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilgan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, uning doirasida bezorilarning shaxsi aniqlangan.
“Ichki ishlar organlari va Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari tomonidan 1995 yilda tug‘ilgan K.A., 2000 yilda tug‘ilgan J.S., 2000 yilda tug‘ilgan K.B. va 1998 yilda tug‘ilgan T.I.lar Sverdlovsk tuman IIBga olib ketilgan”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrining Lenin tuman sudida “Temirov live”ning sobiq va hozirgi xodimlariga nisbatan hukm chiqarilgandi. Ayke Beyshekeyeva va Aktilek Kaparov uch yilga shartli ravishda jazoga hukm qilingan. Azamat Ishembekov esa 5 yilga qamalgan. “Temirov Live” asoschisi Bolot Temirovning xotini Maxabat Tajibek qizi esa 6 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Bolot Temirov juftlikning farzandi bolalar uyiga topshirilganini ma’lum qilgan. Qolgan ayblanuvchilar oqlangan.
LiveBarchasi