Qirg‘izistonda qonun chiqaruvchi organning yangi tuzilmasi tasdiqlandi 

Olam

image

Qirg‘iziston parlamenti a’zolari bugun, 12 yanvar kuni oliy qonun chiqaruvchi organning yangi tuzilmasini tasdiqladi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.  

“Deputatlar qaroriga muvofiq, parlamentda sakkizta qo‘mita tashkil etiladi”, deyilgan xabarda. 

Ta’kidlanishicha, shuningdek, spikerning uchta o‘rinbosari bo‘ladi. 

“Yaqin kunlarda vitse-spikerlar bo‘yicha ovoz berish bo‘lib o‘tadi”, deyiladi xabarda. 

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yilning dekabr oyi oxirida Talant Mamitov parlament spikeri etib saylandi. 

Qirg‘izistonda 2021 yil 28 noyabr kuni yettinchi chaqiriq parlamentiga saylov aralash tizim bo‘yicha bo‘lib o‘tdi – 54 nafar deputat partiya ro‘yxati bo‘yicha, 36 nafari bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha saylangan. Qirg‘iziston parlamentidagi 90 o‘rin uchun jami 1,3 ming kishi ariza topshirgan. 

2020 yil kuzida bo‘lib o‘tgan parlament saylovi ko‘p sonli saylov qonunchiligi buzilganligi sababli MSK tomonidan haqiqiy emas deb topilgan edi. Ularning natijalarini sarhisob qilish ommaviy namoyishlar hamda mamlakatda Prezident va hukumatning o‘zgarishi bilan yakunlandi. Aprel oyida mamlakatda asosiy qonunga parlament va hukumat huquqlarini cheklovchi, biroq Prezident vakolatlarini kuchaytiruvchi tuzatishlar qabul qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston

Baholaganlar

31

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing