Qirg‘izistonda qizini 10 yil davomida zo‘rlagan ota umrbodga qamaldi

Olam

image

Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida o‘z qizini o‘n yil davomida zo‘rlaganlikda ayblanayotgan ota umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “Ozodlik” nashri jabrlanuvchining advokati Munara Oqilbekovaga tayanib, xabar berdi.

Jabrlanuvchining advokatiga ko‘ra, 43 yoshli sudlanuvchiga 42 ta band bo‘yicha ayblov qo‘yilgan. Oqibatda qirg‘izistonlik respublika Jinoyat kodeksining 154-(zo‘rlash) va 155-(jinsiy xarakterdagi zo‘ravonlik harakatlari) moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

“Ularning har biri 15 yil qamoq jazosini nazarda tutadi va ularni qo‘shib, umrbod qamoq jazosi tayinlandi”, deydi Oqilbekova.

Jabrlanuvchining aytishicha, otasi uni birinchi marta qiz yetti yoshga to‘lganida zo‘rlagan. Shu tariqa zo‘ravonlik o‘n yil davom etgan.

Universitetga o‘qishga kirib, Bishkekka ko‘chib o‘tgandan keyingina qiz onasiga hamma narsani aytib berishga qaror qilgan.

Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda mamlakatda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik fakti bo‘yicha 438 ta jinoiy ish ochilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston zo'rlash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing