Qirg‘izistonda qizamiq avj oldi
Olam
−
24 noyabr 2023
3118Qirg‘izistonda yil boshidan buyon 4 ming 484 kishida qizamiq kasalligi aniqlangan. Bu haqda Respublika immunoprofilaktika markaziga tayanib, “24.kg” xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, qizamiq virusining faol tarqalishi Bishkek, Jalolobod va Chuy viloyatlarida kuzatilmoqda, bu yerda virusning yuqishi uyushgan guruhlardagi emlanmagan bolalar orasida sodir bo‘ladi. Boshqa hududlarda ham faol epidemiyalar mavjud.
Kasallikning oldini olish uchun qizamiq va qizilchaga qarshi vaksina bilan muntazam emlash doirasida qizamiq va qizilchaga qarshi takroriy emlash amalga oshirilmoqda. Qo‘shimcha emlash kampaniyasi Bishkek, O‘sh shaharlari, O‘sh va Chuy viloyatlarida ham davom etmoqda, ularda 472 ming 476 bola (78 foiz) vaksina oldi. Jalolobod viloyatida qizamiq kasalligi kuchayishi munosabati bilan uyushgan guruhlardagi bolalar o‘rtasida qo‘shimcha emlash ishlari boshlandi. Bundan tashqari, barcha yoshdagi aloqada bo‘lgan shaxslar 72 soat ichida shoshilinch ravishda emlanadi”, deyiladi xabarda.
Mutaxassislar qizamiq asoratlari tufayli xavfli ekanligini eslatib, ota-onalarni farzandlarini himoya qilishga, emlashga chaqirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, noyabr oyi o‘rtalarida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) xalqaro miqyosda emlash qamrovining kamayishi tufayli qizamiq bilan kasallanish va o‘lim holati ortib borayotganidan ogohlantirgandi.
LiveBarchasi