Qirg‘izistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga ming dollardan beriladi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Ikkinchi Jahon urushining har bir qatnashchisiga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Ikkinchi Jahon urushidagi g‘alabaning 78 yilligi sharafiga beriladigan moddiy yordam 100 ming qirg‘iz somi (taxminan 1143 dollar)ni tashkil etadi. Bu haqda mamlakat rahbari matbuot xizmatiga tayanib, “Central Asia” nashri xabar berdi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, respublikada 68 nafar urush faxriysi istiqomat qilmoqda. Ular orasida Ikkinchi Jahon urushining bevosita ishtirokchilari, Ikkinchi jahon urushi nogironlari, qamoqxonalardagi sobiq asirlar, Leningraddagi blokada paytida shahardagi korxona, muassasa va tashkilotlarda ishlagan xodimlar bor. 

Prezident ma’muriyati Qirg‘izistonda Ikkinchi Jahon urushi faxriylari har oyda qariyb 80 dollar miqdorida pul kompensatsiyasi va davlat rahbarining 114 dollarga yaqin stipendiyasini olishini eslatib o‘tgan.

Ma’lumot uchun, 2022 yilda Qirg‘iziston Prezidenti o‘z jamg‘armasidan Ikkinchi Jahon urushi qatnashchilariga yordam ko‘rsatish uchun 10 million 807 ming qirg‘iz somi (taxminan 123 ming 622 dollar) ajratishni buyurgan. 2022 yil 1 fevral holatiga ko‘ra, respublikada 107 nafar urush qatnashchisi istiqomat qilardi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston moddiy yordam urush faxriylari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing