Qirg‘izistonda deputatlarga xorijga chiqish taqiqlandi

Olam

image

Qirg‘izistonda Jogorku Kenesh deputatlariga vaqtincha chet el va ichki xizmat safarlariga chiqish taqiqlandi. Bu haqda spiker Nurlanbek Turg‘unbek uulu ma’lum qildi.

Uning bildirishicha, sessiya tugashiga atigi oltita yig‘ilish qolgan.

“Keyin ikki oylik ta’til bo‘ladi: bir oy saylovchilar bilan uchrashuvlar, yana bir oylik ta’til. Shuning uchun hurmatli deputatlar, ayniqsa, fraksiya va deputatlik guruhlari rahbarlari, qo‘mita raislari barcha xorijiy va mahalliy xizmat safarlarini bekor qiling, hattoki xarajatlar taklif qilgan partiya tomonidan to‘langan bo‘lsa ham. Hech kimga ruxsat berilmaydi. Xafa bo‘lmang. Bizda juda muhim qonun loyihalari bor, kvorum bo‘lishi kerak”, deydi Turg‘unbek uulu.

Qayd etilishicha, Qirg‘izistonda parlament majlisi joriy yilning 26 iyun kuni yakunlanadi.

Ma’lumot uchun, kvorum – yig‘ilish, majlis qatnashchilarining qonuniy huquqqa, huquqiy kuchga, vakolatga ega bo‘lgan, qarorlar qabul qilish uchun qonunda yoxud jamoat tashkilotlarining ustavlarida belgilangan zarur soni.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Jogorku Kenesh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing